«Elektron hukumat» tizimlariga kirishda shaxsni identifikatsiyalash va tasdiqlashning yangi moduli – Mobile ID mobil telefon orqali sinov tartibida ishga tushdi.

Endi ushbu modul yordamida fuqarolar doimo yonida olib yuruvchi mobil telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib, barcha davlat xizmatlaridan (moliyaviydan tashqari) Elektron raqamli imzosiz foydalanishlari mumkin.

Faqat buning uchun smartfonimizga MyGov mobil ilovasi yuklab olingan bo‘lishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, MyGov ilovasi (Google Play va App Store) orqali ro‘yxatdan o‘tish mutlaqo bepul.

O‘zA