FOTOREPORTAJ

Bugun erta tongdan Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga start berildi.

Abituriyentlar Nukus olimpiya zaxiralari kolleji, Respublika o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi sport zali, Qoraqalpoq davlat universiteti sport saroyi hamda Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabida imtihon topshirmoqda.

Test sinovlari 2 smenada: 07:00 dan 10:00 gacha va kechki 19:00 dan 22:00 gacha tashkil etilmoqda.

Maqsad HABIBULLAEV (surat),O‘zA