Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, OʻzLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Haitov Xorazmda bo‘lib, Gurlan tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot qildi. Partiya yetakchisi tumandagi “GLOBAL TEKS” MCHJ faoliyati bilan tanishdi.

Aktam Haitov MCHJ rahbariyati bilan muloqotlarda tadbirkorlarning murojaatlari hamda takliflarini qabul qilish maqsadida OʻzLiDePda “call-center” yo‘lga qo‘yilganligi ta’kidladi.

U orqali murojaatlarni tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda hal etish yuzasidan zaruriy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

Shuningdek, mazkur korxonaning faoliyatini yanada kengaytirish va eksport qilishdagi muammolarini bartaraf etishga ko‘maklashishda partiya hamisha tayyor ekanligini bildirdi.

Shundan so‘ng, korxonada boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzilib, bir guruh ishchi xodimlar partiya safiga qabul qilindi. OʻzLiDeP rahbari ishtirokida partiyaning a’zolik guvohnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Maftuna Karimova, O‘zA