O‘zbekiston Rspublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi hamda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Haitov Orolbo‘yiga tashrifi davomida dehqon va fermer xo‘jaliklari rahbarlari, tadbirkorlik sub’ekti vakillari bilan uchrashdi.

“Dolzarb 30 kunlik” davomida qishloq ho‘jaligi sohasidagi ishlarni yanada jadallashtirish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida olib borish, dala va tomorqalarda yetishtirilayotgan hosilning sifatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida  Xo‘jayli  tumanidagi  “Samanko‘l” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi “Shukurullayeva Tolg‘anay” fermer xo‘jaligida  seminar tashkil qilindi. Unda tumanda faoliyat yuritayotgan dehqon va fermer  xo‘jaliklari  rahbarlari,  hokim  yordamchilari  va  yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

Seminarda  partiya  rahbari   davlatimiz rahbarining  joriy yilning 27 iyul kungi paxtachilikdagi dolzarb ishlar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan  yig‘ilishda belgilab  bergan  ustuvor  vazifalar,  so‘nggi  yillardagi  iqlim  o‘zgarishlari  paxtachilik  oldiga yangi vazifalar  qo‘yayotgani, barcha  hududlarda  amalga  oshirish  bo‘yicha “Dolzarb 30 kunlik” e’lon qilinganini, hozirgidek ob-havoning  anomal issiq paytida hosilni saqlab qolish, yerdan unumli foydalanish bo‘yicha kerakli tavsiya va maslahatlar berildi. “Shukurullayeva Tolg‘anay” fermer xo‘jaligi  asosan  paxta   va  g‘alla yetishtirishga mo‘ljallangan  bo‘lib,  66  gektarning  39 gektari  paxtaga, 15 gektari  bug‘doyga  yo‘naltirilgan. Shamurat  Yesshanov  rahbarlik  qiladigan  mazkur fermer xo‘jaligida bugungi kunda 11 kishi doimiy  va 60  nafarga  yaqin  kishi  mavsumiy ish olib bormoqda.

Keyingi manzil Beruniy tumanidagi Shabboz ovul fuqarolar yig‘ini hududida sektor rahbarlari va sohaga tegishli mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan dala seminarida  tadbirning  mazmun-mohiyati va bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar tushuntirildi.

Tomorqadan  unumli  foydalanish  issiqxona  tashkil qilgan holda bir yil davomida 3 marotaba hosil olish uzumchilikni rivojlantirish bo‘yicha  tumanda  yaratilgan  imkoniyatlar  qayd etildi. Tomorqa  klasteri  tomonidan  uzumchilik  yo‘nalishi, undan olinadigan foyda va tok yetishtirish sirlari o‘rgatildi.

Tumandagi  ibn-Sino mahallasida 3 sotix yerda uzumning 5 xil navi yetishtirilayotgan bo‘lib, o‘z vaqtida berilgan e’tibor sabab bu yil mo‘l hosil olinmoqda.

Seminar ishtirokchilari bog‘bonning tomorqasini ko‘zdan kechirib, tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

“Beruniy tekstil invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan  2022  yilning  6 oyi  davomida 6 million 107 ming dollarlik ip kalava mahsuloti  Xitoy va Turkiya davlatlariga eksport qilingan.

2021-2022 yilgi dasturga 900 million dollarlik investitsiya kiritilgan bo‘lib, Turkiya va Yaponiya davlatlari hamkorligidagi  “Juki” kompaniyasidan 540 ming dollarlik tikuv mashinalari keltirib o‘rnatilgan. Loyiha qiymati 15,5 mlliard so‘mni tashkil etadi. Loyiha ishga tushirilishi bilan 500 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Spiker o‘rinbosarining tashrifi  To‘rtko‘l tumanida ham davom etdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA