Prezident davlat idoralarida “mahalladan – respublikagacha” tamoyili asosida kadrlarni o‘stirish tizimi joriy qilinishini ta’kidladi.

–Biz davlat xizmatini mahallaga tushirish bo‘yicha katta islohotlarni boshladik. Har bir mahallada – rais, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlardan iborat yaxlit tizim yaratildi. Bundan buyon, rahbarlik lavozimlariga nomzodlar mahallada odamlar bilan ishlagan, ularning muammosini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, hal qilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi, – dedi davlatimiz rahbari.

Shuning uchun, 1 noyabrdan:

– eski namunadagi “ob’ektivka”dan voz kechilib, ilg‘or IT-texnologiyalar asosida xodimning malakasi va salohiyati, erishgan natijalarini baholaydigan tizimga o‘tiladi;

– xodimni baholashda qaysi oliygohni bitirgani yoki qayerda ishlagani emas, qanday bilim-tajribaga egaligi va ko‘rsatgan natijalari asosiy mezon bo‘lishi shart.

–Oddiy qilib aytganda, rahbarlikka tacodifan kelib qolishning oldi olinadi, – dedi Prezident.

O‘zA