O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ko‘ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyoboniga ko‘chat ekdi.

Bu tashrifga uzoq va puxta tayyorgarlik ko‘rilgan edi. Erishilgan natijalar shunga munosib bo‘ldi – ikki mamlakat hamkorligi kelajagiga mustahkam poydevor qo‘yildi.

Davlat rahbarlari ekkan nihol ushbu yangi rejalarning, xalqlarimiz do‘stligining ramzi sifatida gullab-yashnaydi.