Akademik Azizxon Qayumov oramizdan ketdi

O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi, atoqli olim, navoiyshunoslik ilmining yetuk namoyondalaridan biri, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, filologiya fanlari doktori Azizxon Qayumov 92 yoshida vafot etdi. 

Ilm-fan fidoyisining zahmatli mehnatlari hech qachon unutilmaydi. Atoqli olim, yuzlab shogirdlarning mehribon ustozi Aziz Qayumov xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

Marhumning oila a’zolariga, yaqinlariga chuqur hamdardligimizni bildiramiz.

 

O‘zA