Prezident raisligida sportni ommalashtirish, sport ta’limini yaxshilash va iqtidorli sportchilarni tayyorlash bo‘yicha yig‘ilish davom etmoqda.

Yig‘ilishda Sportni rivojlantirish vazirligiga:

– 279 ta bolalar va o‘smirlar sport maktabidagi shart-sharoitlar va trenerlarning malakasini joyiga borib o‘rganish hamda ularni olimpiya sport turlariga ixtisoslashtirish;

– har bir sport maktabini o‘z hududidagi mahalla, maktab va texnikumlar bilan bog‘lab, ularda kamida 1 tadan olimpiya sporti to‘garaklarini tashkil etish;

– yil yakunigacha sportchilarni mahalladan boshlab tanlab olish bo‘yicha elektron platformani ishga tushirish;

–natija ko‘rsatgan mahallalarni rag‘batlantirish tizimini joriy etish;

– sport maktablarini tibbiy asbob-uskunalar, dori darmon va sport kiyimlari bilan ta’minlash uchun joriy yilda 35 milliard so‘m ajratish;

– 1 sentyabrgacha maktab, sport maktabi, kollej va oliygohlarning zallarini noolimpiya sport turlari klublariga bepul berish tartibini joriy etish topshiriqlari berildi.

Umuman, vazirlik va viloyat hokimlari yoshlarning 43 foizi (6 milliondan ortiq) ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rishi shartligi ko‘rsatildi.

 

O‘zA