Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanidagi 7-umumta’lim maktabida suv tozalash uskunasi ishga tushirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi, tuman hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Mo‘ynoq tumanini rivojlantirishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi vakillari, “LATMA-ADED” tashkiloti mutaxassislari ishtirok etdi.

Mazkur loyiha Shveysariyaning “LATMA-ADED” tashkiloti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi  hamkorligida ishga tushirildi. Mo‘ynoq tumaniga tashrif buyurgan xorijiy muhandislar mazkur maktabga uskunalarni o‘rnatish, sinovdan o‘tkazish va mutaxassislarni o‘rgatish ishlarini olib bordi. Xorijiy muhandislarga xalqaro innovatsiya markazi mutaxassislari yaqindan  yordam ko‘rsatdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA