Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar bo‘limi tomonidan Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi.

Jumladan, fuqarolar X.U. va Ye.U. qalbaki aksiz markali 192 dona “Qaratau” nomi ostidagi qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlarini sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA