Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning mamlakatimizga tashrifi yakunlandi.

29 mart kuni Toshkentda o‘tgan muzokaralarda ko‘plab kelishuvlarga erishildi. Davlat rahbarlarining samimiy muloqoti 30 mart kuni Xivada davom etdi.

Oliy martabali mehmonni Prezidentimiz kuzatib qo‘ydi.