Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosarini saylash toʻgʻrisida
892

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Senati Kengashining
q a r o r i
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9 va 16-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
Q A R O R Q I L A D I :
1. Robaxon Anvarovna Maxmudova 10 yil muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga saylansin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi lavozimidan ozod etilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
| Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining Raisi |
T.NARBAYEVA |
| Toshkent shahri,
2020-yil 13-iyul |
OʻzА