O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari muzokara o‘tkazdilar

12

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 dekabr kuni Ashxobod shahriga kelgach, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Davlatimiz rahbari Turkmaniston yetakchisini tarixiy sana – doimiy betaraflikning o‘ttiz yilligi bilan samimiy tabrikladi hamda ushbu muhim voqeaga bag‘ishlab ertaga o‘tkaziladigan xalqaro forum ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat davomida O‘zbekiston – Turkmaniston strategik sheriklik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini, birinchi navbatda, siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, madaniy hamda gumanitar sohalarda yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.