O‘zbekiston IT-kompaniyalari xalqaro miqyosda kengayib bormoqda

165

Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan delegatsiyasi Qozog‘istonda “OSON” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar Olmaotada o‘z vakolatxonasini ochgan ushbu kompaniyaning joriy yutuqlarini muhokama qildilar.

Mazkur kompaniya O‘zbekistonda muvaffaqiyatli shakllangan IT-ekotizim mahsuli bo‘lib, uning Qozog‘istondagi kengayishi O‘zbekiston IT-sektorining xalqaro miqyosda rivojlanayotganidan dalolat.

Bu nafaqat bitta kompaniyaning chet el bozoriga chiqishi, balki O‘zbekiston IT-kompaniyalari o‘z faoliyatini kengaytirib, mintaqada yetakchiga aylanayotganini ko‘rsatadi.

Uchrashuv davomida kompaniyaning Qozog‘istondagi faoliyati natijalari, mijozlar bazasining o‘sishi, muvaffaqiyatli loyihalar va hamkorlik aloqalarining mustahkamlanishi haqida ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, kompaniya vakillari 2025 va 2026 yillarga mo‘ljallangan strategik rivojlanish rejasi bilan o‘rtoqlashdilar hamda kompaniyaning kelgusidagi rejalari taqdimot qilindi.

N.Rahmonova, O‘zA