“Kashkadarya open” ist’dodlarni kashf etadi

164

Shu kunlarda Qarshi shahridagi “Geolog” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida taekvondo WT bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida xalqaro turnir musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston davlatlaridan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va respublikamizning barcha viloyatlaridan 600 nafardan ziyod sportchi ishtirok etayotgan musobaqalar har jihatdan qiziqarli o‘tayotganligi e’tiborli.

Turnir tashkilotchilari yoshlar uchun chinakam sport bayramini tashkil etganligi, mahoratli sportchilar safini kengaytirishga alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotganligi tahsinga loyiq.

O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, musobaqalar olimpiya tizimida tashkil etilmoqda. Bahslar 4 ta yosh toifasida o‘tkazilmoqda.

Ortda qolgan bellashuvlar sarhisobiga ko‘ra, Toshkent shahri, Qashqadaryo, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlari yosh taekvondochilari o‘z vazn toifalarida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.

Ilk bor tashkil etilgan xalqaro turnir 27 martga qadar davom etadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA