Kuniga ellik tonna
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra hududlarda yuqori avlodli urug‘liklar yetishtirishga ixtisoslashtirish tizimi joriy etilgan.
Mazkur qaror ijrosi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hokimliklarining takliflariga asosan hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, paxtachilik yo‘nalishida 119 ta tuman, 390 ta hududlardan tanlab olingan 3172 ta sub’ektlarning 100 ming gektar g‘o‘za maydonlari urug‘lik paxta yetishtirishga ixtisoslashtirildi.

Ayni kunda G‘ijduvon tumanida “Buxoro Agroklaster”ga qarashli “Paxta urug‘chiligi” MCHJda ham erta bahor mavsumi chigit ekish ishlariga puxta tayyorgarlik borayotganini ko‘rish mumkin.

– Jamoa 60 kishilik ishchi-mutaxassislardan iborat bo‘lib, ayni kunda istiqbolli navlarga mansub paxta chigitini ekish oldidan kimyoviy vositalar yordamida dorilash, urug‘ni talab darajasida saqlash ishlari bajarilmoqda. Har kuni 50 tonna atrofidagi chigitni kimyoviy dorilab, buyurtmachilarga yetkazib berishda moddiy-texnik imkoniyatlardan unumli foydalanmoqdamiz, – deydi “Paxta urug‘chiligi” MCHJ rahbari Mirxon Umarov.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.