1 apreldan boshlab har bir hududning havo, suv va atrof-muhitni ifloslanish darajasiga qarab tuziladigan reytingi joriy qilinadi
330

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda hududlardagi ayrim korxonalarda haligacha 10 yildan ortiq ishlatilayotgan chang-gaz tozalash uskunalari mavjudligi qayd etildi.
Sanoat korxonalari “oyoqqa turishi” uchun ko‘plab yengillik va imtiyozlar berilgani, lekin ayrim korxonalar na soliqlar to‘lashni, na atrof-muhitni himoya qilishni o‘ylayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Aksariyat hollarda qurilish ob’ektlari va loyihalari ekologik ekspertizadan o‘tkazilmasdan amalga oshirilayapti.
Shu munosabat bilan 1 apreldan boshlab har bir hududning havo, suv va atrof-muhitni ifloslanish darajasiga qarab tuziladigan reytingi joriy qilinishi belgilandi.
O‘zA