Bundan buyon texnik-iqtisodiyasosi tasdiqlanmagan birorta loyihaga qarz jalb qilishga yo‘l qo‘yilmaydi

367

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda bugungi kunda xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarda qurilishni boshlashgacha bo‘lgan jarayon o‘zi uzoq vaqt olayotgani qayd etildi.

Xususan, texnik-iqtisodiy asos (TIA) ishlab chiqishga o‘rtacha bir yil sarflansa, uni xalqaro tashkilotlar talabiga moslashtirish va kelishishga besh-olti oy ketmoqda.

TIAsi ishlab chiqilmagan, aniq hisob-kitobi yo‘q loyihalarga tashqi qarz jalb qilish hanuzgacha davom etmoqda.

Loyiha hujjatlari va tender shartlari puxta ishlab chiqilmasligi oqibatida pudratchilarni aniqlash jarayonlari ham cho‘zilmoqda.

Bundan buyon TIAsi tasdiqlanmagan birorta loyihaga qarz jalb qilishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi.

Shuningdek, ishlab chiqilgan TIAni kompleks ekspertiza qiladigan tizim yo‘qligi tanqid qilindi. Endilikda loyihalar TIAsi ham majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi.

Umuman, har bir loyiha va mablag‘lar natijadorligi uchun vazirlar shaxsan javobgar ekani belgilandi.

 

O‘zA