Mamlakatimiz temir yo‘l transporti sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
 
f a r m o n i
Mamlakatimiz temir yo‘l transporti tizimidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, sohani zamon talablari asosida rivojlantirish, mintaqa va jahon miqyosida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, xalqaro standart va talablarga mos yangi temir yo‘llarni barpo etish, tarmoqning barqaror va samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini yuksaltirish hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlansin:
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi”
Yuldashev Sergey Vladimirovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi “O‘zbekiston” elektrodeposi mashinist-yo‘riqchisi, Toshkent shahri
Yusupov Yusupbay Ismailovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Urganch lokomotiv deposi chilangari, Xorazm viloyati
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi”
Abduraximov Xadyatullo To‘g‘onovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining 164-yo‘l mashina stansiyasi kran mashinisti, Farg‘ona viloyati
Kan Eduard Grigoryevich – “Boshtransloyiha” aksiyadorlik jamiyatining temir yo‘llarni loyihalash bo‘limi loyihalar bosh muhandisi
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
Odilov Alisher Ravshanovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
Saliyev Batirjan – “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Yagona dispetcherlik markazi bosh poyezd dispetcheri
Suyarov Shamshiddin Norkulovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “Tinchlik” lokomotiv deposi ta’mirlash sexi brigada boshlig‘i, Navoiy viloyati
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Baymuratov Eshkuvat Jalgashovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Termiz vagon deposi vagonlarni rejali ta’mirlash sexi chilangari, Surxondaryo viloyati
Baxadirov Fuod Vadudovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Axborot-hisoblash markazi boshlig‘i
Bekmirzayev Ganijon Mirzamaxmudovich – “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” unitar korxonasining “Quyuv-mexanika zavodi” sho‘ba korxonasi vagon yig‘uv sexi chilangari, Toshkent shahri
Mamadaliyeva Fatima Sadikovna – “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi “Qo‘qon” stansiyasi marshrutli-releli markazlashtirish navbatchisi, Farg‘ona viloyati
Mamadov Abdukaxar Gulamovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati “Angren ko‘mir koni” filiali ekskavator mashinisti, Toshkent viloyati
Suvankulov Kaxramon Norkulovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Jizzax temir yo‘l masofasi katta yo‘l ustasi, Jizzax viloyati
“Do‘stlik” ordeni bilan
Gayupov Dauletbay Mirzabayevich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Qo‘ng‘irot temir yo‘l masofasi yo‘l ustasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Ikromova Mastura Karaxanovna – “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyatining kran mashinisti, Toshkent shahri
Luneva Aliya Anvarovna – “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Kapital qurilish direksiyasining rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari
Muryasova Nuraniya Erifovna – “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “1-energomontaj poyezdi” unitar korxonasining sifat, sertifikatlash va standartlash bo‘yicha yetakchi muhandisi
Nazarova Dildor Timurovna – “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Investitsiyalarni jalb etish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
Sabirov Kutlimurat – O‘zbekiston temiryo‘lchilar va transport quruvchilari kasaba uyushmasining Respublika kengashi raisi
Tulyaganov Oybek Turabekovich – “Ko‘prik qurilish tresti” unitar korxonasining 67-ko‘prik qurish otryadi boshlig‘i, Toshkent shahri
Xalikov Kadirxan Usarovich – “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” unitar korxonasi bosh muhandisi
Xamrakulov Sobir Suyarkulovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Xovos signallashtirish va aloqa masofasi katta elektromexanigi, Sirdaryo viloyati
“Shuhrat” medali bilan
Bekboyev Uzokboy Umurqulovich – “Ko‘prik qurilish tresti” unitar korxonasining 67-ko‘prik qurish otryadi elektropayvandchisi, Toshkent shahri
Bekmatov G‘olib Tashkentevich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasining elektr ta’minot korxonasi elektromexanigi, Qashqadaryo viloyati
Nazarov Shavkat Alikulovich -“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Buxoro lokomotiv deposi teplovoz mashinisti, Buxoro viloyati
Shuxlin Georgiy Borisovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi “Chilonzor” elektrodeposi mashinist-yo‘riqchisi, Toshkent shahri
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti                                              SH.MIRZIYOYEV
Toshkent shahri,
2018-yil 3-avgust