Joriy yilning 19-26 aprel kunlari dunyoning nufuzli kinofestivallaridan biri hisoblangan Moskva xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tadi. “A” kategoriyadagi ushbu festivalda mamlakatimiz kinoijodkorlarining “Sabot” badiiy filmi namoyish etiladi.

Rejissyor Rashid Malikov tomonidan suratga olingan ushbu to‘liq metrajli film Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan ko‘plab xorijiy festivallarga taqdim etilgan.

“O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan “Sabot” filmida O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritish arafasidagi davr – 1980-yillar voqealari tasvirlangan, qoraqalpog‘istonlik sobiq baynalmilal jangchining xotiralari, o‘y-xayollari, kechinmalari haqida hikoya qilinadi. Bosh rollarni aktyorlar Karim Mirxodiyev, Seydulla Moldaxanov, Behzod Hamroyev, Nigora Karimboyeva, Zulxumor Mo‘minova ijro etgan.

 

Mohigul Qosimova, O‘zA