Sanjar Tursunov kamerunlik raqibini “dodi”ni berdi

Hindistonda boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “India Open” xalqaro turnirining birinchi davra bahslari davom etmoqda.

Musobaqaning vazni 75 kilogramm bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi bellashuvlarda mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Isroil Madrimov indoneziyalik Sandyarto Deno Ferojaga qarshi jang o‘tkazib, ikkinchi raunda raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.

91 kilogrammgacha vazn toifasida umidli sportchimiz Sanjar Tursunov kamerunlik Kristian Ndziye Soye ustidan zafar quchdi. 46-49 kilogramm vaznda yosh bokschimiz Mironshoh Ibragimov ilk uchrashuvda filippinlik Ramel Magadoga mag‘lub bo‘ldi.

“India Open” xalqaro turniri davom etmoqda.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA