O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari,
Muhtaram Prezident!

Sizga va O‘zbekiston xalqiga futbol bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida mamlakatingiz terma jamoasi g‘olib bo‘lgani munosabati bilan o‘zimning samimiy tabriklarim va eng yaxshi tilaklarimni izhor etish men uchun katta sharafdir.

23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida Markaziy Osiyo mintaqasidan birinchi bo‘lib Osiyo chempionati g‘olibligiga erishgan mamlakatingiz jamoasi a’zolarining butun musobaqa davomida matonat va jasorat namunalarini ko‘rsatgani maqtovga loyiqdir.

Men ishonamanki, ushbu futbolchilar yaqin kelajakda O‘zbekiston futbolini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi va mamlakatingiz hamda butun Osiyoning g‘urur-iftixoriga aylanadi.

O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatining sa’y-harakatlari bilan o‘zbek futboli yanada yuksak pog‘onalarni zabt etishiga shubha qilmayman.

Sizni ishontirib aytamanki, maftunkor mamlakatingizda futbolni yanada rivojlantirish va targ‘ib qilishni to‘la qo‘llab-quvvatlashga tayyorman.

Samimiy tilaklar bilan,
Salmon bin Ibrohim al-XALIFA,
OFK prezidenti,
FIFA vitse-prezidenti