Poytaxtimizda O‘zbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Unda O‘FF, viloyat futbol federatsiyalari vakillari, futbol faxriylari, murabbiylar, sport jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Konferensiyada O‘zbekiston futbol federatsiyasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga aylantirildi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi raisligiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.Ramatov saylandi.

U.Ahmadjonov O‘FA raisining birinchi o‘rinbosari, Sh.Toshmatov o‘rinbosari etib tasdiqlandi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA