“Manchester Siti” Angliya liga kubogining finalida

Futbol bo‘yicha Angliya liga kubogida “Manchester Siti” finalga yo‘l oldi.

Musobaqaning yarim final javob o‘yinida “Bristol Siti”ga qarshi safarda o‘ynagan “Manchester Siti” 2:3 hisobida g‘alaba qozondi.

“Manchester Siti”ga g‘alaba keltirgan gollarga Sane, Aguero, De Bryuyne mualliflik qilgan bo‘lsa, “Bristol Siti” jamoasidan Pak va Flint raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA