“Paxtakor” OCHLdagi ilk uchrashuvga jiddiy tayyorlanmoqda

“Paxtakor” klubining matbuot xizmati xabar berishicha, jamoa Osiyo chempionlar ligasining saralash bahsi doirasida 30 yanvar kuni “Al-Garafa”ga qarshi bahs olib boradi.

Hozirda“Paxtakor” jamoa a’zolari mazkur o‘yin va yangi mavsumga tayyorgarlikni olib bormoqdalar.

back.jpg

Dastlab futbolchilarning umumiy jismoniy holatini yugurish mashqi orqali jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Laslo Yambor tekshirib ko‘rdi. “Katapult-sport” texnologiyasi yordamida ularning chidamliligi ham aniqlab olindi. O‘yinchilar ayni paytda yaxshi jismoniy holatga kirmoqda.

Shuningdek, futbolchilar jamoaviy bosim o‘tkazish, to‘pni olib qo‘yish, himoyadan hujumga tezlik bilan o‘tish va to‘pni nazorat qilish kabi mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA