Gruziya parlamenti delegatsiyasi – Samarqandda

Yurtimizga tashrif buyurgan Gruziya parlamenti raisi Irakliy Kobaxidze boshchiligidagi delegatsiya 21-yanvar kuni Samarqand shahrida bo‘ldi.

Irakliy Kobaxidze dastlab Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi va uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

9 (1).JPG

Yaqinda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludiga 80 yil to‘ladi. Mazkur sana munosabat bilan ayni paytda majmua va uning atrofida so‘nggi pardozlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

19.JPG

Mehmonlar buyuk davlat va siyosat arbobi bo‘lgan Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyoti yo‘lida ulkan ishlarni amalga oshirgan tarixiy shaxs ekanligini ta’kidladi.

10 (1).JPG

Gruziya parlamenti raisi I.Kobaxidze boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Shohi Zinda yodgorlik majmui, Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Registon maydoni va boshqa tarixiy-madaniy maskanlarni tomosha qildi.

 

G‘olib Hasanov, Alisher Isroilov (surat), O‘zA