O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasining Oqto‘ba viloyati Irgiz tumanida “Samara-Chimkent” avtomobil yo‘lida avtobus yonishi oqibatida halok bo‘lgan 52 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi oilalarining barchasiga bir martalik nafaqa ajratildi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot-xizmati.

Mahalliy ijro hokimiyati organlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari hamda mahalla faollari tomonidan halok bo‘lganlarning oilalariga ma’naviy va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.