Rallida “KAMAZ”ga hech kim yeta olmadi

Ralli bo‘yicha Dakar poygalarining beshinchi bosqichi yakunlandi. 

Poyganing mototsikllar o‘rtasidagi bahslarda Xoan Barreda Bort (Ispaniya, “Xonda”), Mattias Valkner (Avstriya, “KTM”) va Kevin Benavides (Argentina, “Xonda”)ga teng keladigan topilmadi.

Kvadrotsikllar o‘rtasida Nikolas Kavilyaso (Argentina, “Yamaxa”), Ignasio Kasale (Chili, “Yamaxa”) va Aleksis Ernandes (Peru, “Yamaxa”)ga hech kim yeta olmadi.

Yo‘l tanlamas avtomobillarida Stefan Peteransel (Fransiya, “Pejo”), Bernard ten Brinke (Niderlandы, “Toyota”) hamda Jinel de Villers (JAR, “Toyota”) kabi mahoratli poygachilar barcha raqiblarini ortda qoldirdi.

Yuk avtomobillari o‘rtasida Eduard Nikolayev (Rossiya, “KAMAZ”) marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan bo‘lsa, Sergey Vyazovich (Belarus, “MAZ”) finish chizig‘ini ikkinchi bo‘lib bosib o‘tdi. Ton van Genugten (Niderlandы, “Iveko”) esa kuchli uchlikni yakunladi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA