Rossiyada joriy yilning 10-fevral kuni professional bokschilar o‘rtasida xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.

Unda hamyurtimiz Ravshan Ergashev o‘rta vazn toifasidagi ikkinchi jangini o‘tkazadi. Yosh bokschimiz rossiyalik Ilya Balandinga qarshi bellashadi. Shuningdek, yengil vazn toifasidagi bahsda yana bir sportchimiz Ravshanbek Umurzoqov mezbon bokschisi Rustam Nugayevga qarshi ringga ko‘tariladi.

Eslatib o‘tamiz, R.Ergashev bundan oldingi jangida qozog‘istonlik Rustam Svayevni texnik nokautga uchratgan bo‘lsa, R.Umurzoqov faoliyatidagi birinchi uchrashuvida rossiyalik Yevgeniy Smelovni nokaut qilgan edi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA