adb5075abd0fd3679dd8fd2b7226d767.jpg

Shveytsariyalik Rojer Federer va rossiyalik Mariya Sharapova “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian open – 2018” musobaqаsining qur’a tashlash marosimida qatnashadi.

Nufuzli musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi bahslarda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasidagi saralash uchrashuvlarida mahoratli tennischimiz Sabina Sharipova ham o‘z omadini sinab ko‘radi

Qur’a tashlash marosimi 11 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:00da bo‘lib o‘tadi. “Australian open – 2018” turniri 15 yanvar kuni boshlanadi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA