Amerika Qo‘shma Shtatlarining Los-Anjeles shahrida “Oltin globus” (Golden Globe Award) mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda angliyalik rejissyor Martin Makdonaxning “Ebbing chegarasidagi uch bilbord, Missuri” (Three Billboards Outside Ebbing, Missouri) filmi g‘olib bo‘lgan. Euronewsning xabar berishicha, kartina eng yaxshi dramatik film, unda bosh rolni ijro etgan Frensis Makdormand eng yaxshi aktrisa deb topilgan. Kinoda qizi qotillik qurboni bo‘lgan onaning uquvsiz politsiya hodimlariga qarshi kurashi aks ettirilgan.

“Suvning shakli” (The Shape of Water) filmi ijodkori Gilermo del Toro eng yaxshi rejissyor nominatsiyasini qo‘lga kiritgan.

Bu filmlar tez orada mamlakatimiz kinomuxlislariga ham taqdim etiladi.