Kanada terma jamoasi jahonda tengsiz

AQSHda yigirma yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida xokkey bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida Kanada yoshlar terma jamoasi g‘olib bo‘ldi.

Final uchrashuvida kanadalik xokkeychilar Shvetsiyani 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bronza medali uchun o‘tgan o‘yinda AQSH terma jamoasi Chexiyani 9:3 hisobida yengdi.

4627113.jpg

Rossiyada 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida jahon chempionatining birinchi turi bahslari o‘tkazildi.

Unda Rossiya terma jamoasi Kanadani 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, AQSH va Shvetsiya o‘rtasidagi bahs 2:1 hisobida yakunlandi.

Musobaqaning “В” guruhida o‘ynayotgan Chexiya va Shveysariya termalari o‘rtasidagi o‘yinda 4:3 hisobi qayd etildi. Finlyandiya esa Germaniyani 4:1 hisobida mag‘lub qildi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA