2018-yilda Qozog‘istonda mamlakat hududida atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish uchun xalqaro tanlov o‘tkaziladi.

Atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha “Kazatomprom” huzurida maxsus kompaniya tashkil etilgan, ammo uni qurish haqidagi yakuniy qaror faqat tanlovdan so‘ng amalga oshiriladi. Bu haqda “24 Xabar” telekanali Qozog‘iston Milliy yadroviy markaziga asoslanib xabar berdi.
AES qurilishi uchun taxmin qilingan joy Kurchatov shahri hisoblanadi.

“Kurchatov shahrini tanlash haqidagi fikrimni aytadigan bo‘lsam, albatta bu atom elektr stansiyasini qurish uchun ideal joy. Biroq, energiya muvozanati nuqtai nazaridan bu unchalik mos emas. Chunki bu yerda ko‘mir bor va u energetik jihatdan katta quvvatdir”, deydi Qozog‘iston Milliy yadroviy markazi bosh direktori Erlan Botirbekov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, geolokatsiya va energiya manbalari ehtiyoji nuqtai nazaridan AES qurilishi uchun eng munosib joy Balxash shahridir.

 

O‘zA