Fotoreportaj: Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatrida bolajonlar uchun Yangi yil ertagi

Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri qishki ta’til kunlarida bolajonlarni yangi tomoshalar bilan xushnud etmoqda.

 


Teatr ijodkorlari tomonidan tayyorlangan «Yangi yil ertagi», «Gulda bulbul sayraydi», «Oqqush to‘g‘risida rivoyat» kabi sahna asarlari qiziqarli voqealar va mo‘jizalarga boyligi bilan yosh tomoshabinlarga manzur bo‘layotir. Ertak-spektakl orqali bolajonlar do‘stlik, mehr-oqibat, sadoqat singari yuksak insoniy fazilatlar mohiyatini teran anglamoqda.

 

Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA