Albatta, bir oz betamizroq savol – bu. Negaki, dekabr oyida bozorlarimizda kuzatilgan narx-navoyu ob-havoni o‘z boshimizdan o‘tkazdik. Bayramni ro‘kach qilib ayrim mahsulotlar narxini ikki-uch barobar ko‘tarib yuborgan tadbirkorlarni yozg‘irganimizga ham ko‘p bo‘lgani yo‘q hali. “O‘tgan gap o‘tib ketdi, bu yog‘iga vaziyat qanday bo‘ladi, shundan gapiring?”, deyishingiz mumkin. Haqsiz. Biroq O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi saytida keltirilgan rasmiy ma’lumotlarni bilib qo‘yish ham zarar qilmaydi: 


1. Iste’mol narxlari indeksi (INI) va inflatsiya darajasi 

 
2017-yilning dekabr oyida tovar va xizmatlar narxlari darajasi o‘rtacha 2,7 foizga oshdi, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 4,4, nooziq-ovqat mahsulotlari 1,8 va xizmatlar 0,8 foizga ko‘tarilgan.

Diagrammada ko‘rinib turibdiki, 2017-yil dekabr oyida asosiy inflyatsion omil sifatida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘sishi bo‘ldi (ta’sir ulushi 70,2 %).

04.01.2018-uz.png
 
Ma’lumot uchun: 2016-yilning dekabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ko‘tarilishi umumiy INI o‘sishida 73,3, nooziq-ovqat mahsulotlari 22,2, xizmatlar 4,5 foizni tashkil etgan. 

2. Oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol narxlari indeksi 

Yuqorida qayd etilganidek, oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida o‘rtacha 4,4 foizga qimmatlashib, INI umumiy o‘sishini 1,9 f.d1 ta’minladi.

Ma’lumot uchun: 2016-yilning dekabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari 2,0 foizga qimmatlashgan. 

2017-yil dekabr oyida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘sishi

 

(o‘tgan oyga nisbatan % da)
04.01.2018-1uz.png

2017-yil dekabr oyida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘sishi bilan bir qatorda, ayrim mahsulotlarning narxlari arzonlashganligi kuzatildi. Jumladan sabzi 15,9, karam 5,9, mosh va parranda go‘shti 4,5 foizga arzonlashgan.


3.Nooziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol narxlari indeksi 

Nooziq-ovqat mahsulotlarining oy davomida 1,8 foizga qimmatlashdi, bu o‘z navbatida umumiy INIning 0,6 foiz f.d o‘sishiga olib keldi.

Ma’lumot uchun: 2016-yilning dekabr oyida nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘sishi 0,8 foizni tashkil etgan. 

Nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining umumiy o‘sishda 75,0 %ni quyidagi mahsulotlar hisobiga ro‘y berdi:

04.01.2018-2uz.png

4. Xizmatlar iste’mol narxlari indeksi 

Aholi uchun pullik xizmatlar sohasi dekabr oyida 0,8 foizga qimmatlashdi. Bu esa iste’mol narxlari indeksining umumiy o‘sishiga 0,2 foiz f.d da ta’sir qildi.

Ma’lumot uchun: 2016-yilning dekabr oyida xizmatlar sohasi tarifi 0,3 foizga oshgan. 

Ushbu sohada asosiy inflyatsion omil sifatida huquqiy xususiyatga ega xizmatlar va bank xizmati tariflari 15,0, maishiy xizmatlar 1,6, ta’lim xizmatlari 1,2 va tibbiyot xizmatlari 1,1 foizga qimmatlashdi.

1 f.d. – foiz darajasi.

 

O’zA