“Meridian”, “Neo”, “Merlion”, “Las Vegas”, “Milan” xorazmlik sayyohlar xizmatida

2017-yilning dekabr oyidan boshlab xorazmliklar uchun Qoraqalpog‘iston bo‘ylab sayohat qilish loyihasi ish boshladi. 26-dekabr kuni navbatdagi sayyohlar guruhi yo‘lga chiqdi. Yangi yo‘nalishdagi sayohatlar mart oyiga qadar davom etib, bir kunlik va ikki kunlik turlar mavjud.

Qoraqalpog‘istondagi yetakchi turoperatorlar sayyohlarga arzonlashtirilgan narxlarda mehmonxona va avtotransport xizmatlari taklif etmoqda. Hududdagi “Meridian”, “Neo”, “Karat”, “Sardoba”, “Elita”, “Merlion”, “Las Vegas”, “Armada”, “Milan” singari kafe va restoranlar ular xizmatda.

Tur davomida sayyohlar I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyi, Xo‘jayli tumanidagi Mazdaxkan majmuasi, “Tuproqqal’a” va “Ellikqal’a” arxeologik yodgorliklari bo‘ylab ekskursiyaga taklif etiladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizm loyihasi doirasida shu paytga qadar minglab hamyurtlarimizning Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlariga sayohatlari tashkil etildi.

 

O‘zA