Toshkent shahrida Koreya Respublikasi yetakchi oliy tibbiy ta’lim muassasalaridan birining faoliyati tashkil etiladi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tibbiyot tashkilotlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan.

Shuningdek, Koreya Respublikasining tibbiyot markazlari va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda “AKFA MEDLINE” MChJ xususiy klinikasi negizida xususiy tibbiyot muassasalarini rivojlantirish va mahalliy tibbiyot kadrlari malakasini oshirish Markazini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

Qarorga muvofiq, Koreya Respublikasining ilg‘or klinikalari va tibbiyot markazlarining diagnostika, davolash, servis va menejment masalalari bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tajribasini o‘rganish va mamlakatimiz tibbiyotiga joriy etish uchun ular bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Qarorning to‘liq matni bilan tanishish uchun saytimizni kuzatib boring.

 

O‘zA