Bugun, 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Xususiy tibbiyot tashkilotlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risida”gi qarorini imzoladi.


Qarorga muvofiq, davlat tibbiyot tashkilotlarining yordamchi bo‘linmalarini (oziq-ovqat bloklari, kir yuvish xonalari, tibbiy chiqindilarni yo‘q qilish va h.k.) xususiy sektor vakillariga beriladi. Bundan tashqari, xususiy tibbiyot tashkilotlariga shartnoma asosida davlat tibbiyot tashkilotlarining ba’zi bir tibbiy xizmat turlari (laboratoriya, gemodializ, sterilizatsiya va boshqalar) ham o‘tkaziladi. Ularning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Qaror bilan 2018-2019 yillarda xususiy tibbiyot tashkilotlarini tashkil etish va faoliyatini kengaytirish bo‘yicha loyihalarning tibbiy ixtisoslik turlari, moliyalashtirish manbalari va hajmlari ko‘rsatilgan manzilli ro‘yxati tasdiqlangan.
Qarorning to‘liq matni bilan tanishish uchun saytimizni kuzatib boring.

 

O‘zA