Bu yil 11 ming dona Prezident sovg‘asi tayyorlandi. Har bir sovg‘ada 12 nomdagi o‘quv qurollari, 15 xil shirinliklar bor.

Prezident sovg‘asi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga yetkazib berildi. Sovg‘alar bugun va ertaga hududlarda tashkil etiladigan “Prezident archasi” tadbirlarida Mehribonlik va Muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalar, yurtimiz tinchligi yo‘lida qurbon bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlarining farzandlariga ulashiladi.

 

O‘zA