MMA bo‘yicha mamlakatimizning eng zo‘r sportchisi va murabbiyi Mansur To‘g‘izboyev shogirdi Mirolim Mirzaydinov bilan Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan nufuzli musobaqada ishtirok etadi.

Olmaota shahrida 30 dekabr kuni MMA bo‘yicha o‘tkaziladigan nufuzli musobaqada vazni 57 kilogrammgacha bo‘lgan hamyurtimiz Mirolim Mirzaydinov qozog‘istonlik Baxtiyor Nesipbekga qarshi jang o‘tkazadi.

– Ushbu musobaqaga Mansur To‘g‘izboyev qo‘l ostida tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Baxtiyorning qanday jang qilishi haqida xabardorman. U asosan uzoq masofadan turib oyoqlari bilan aniq zarbalar yo‘llaydi. Biroq men unga qarshi qanday harakat qilishni yaxshi bilaman, – deydi Mirolim.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA