Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida Moliya vazirligi tizimidagi jiddiy kamchiliklar, haddan tashqari byurokratiya holatlari, ayniqsa, davlat moliyaviy nazorati xodimlarining nojo‘ya xatti-harakatlari va tizimdagi boshqa yig‘ilib qolgan salbiy holatlar ochiq-oydin aytib o‘tildi. 

Prezidentimizning tanqididan keyin o‘sha kuni Moliya vazirligi markaziy apparatidan 2 nafar bosh boshqarma boshlig‘i, 2 nafar bosh boshqarma o‘rinbosari, 4 nafar boshqarma boshlig‘i, 1 nafar boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, 3 nafar bo‘lim boshlig‘i hamda 4 nafar xodim, jami 16 kishi egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bugungi kunga kelib bularning safiga 8 kishi qo‘shilgan va bu raqam 24 tani tashkil etadi.

Bir ozdan keyin lavozimidan ozod etilganlar ro‘yxati e’lon qilinadi. Saytimizni kuzatib boring.

 

O‘zA