Narxlar umumiy darajasining o‘sishi 14,1 foiz, inflatsiya darajasi 12-13 foiz bo‘lishi hamda byudjet parametrlari yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,02 foiz sof daromad bilan bajarilishi haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida ma’lum qilindi.

2018-yilgi soliq-byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari soliq yuki yanada kamaytirish, bir xil soliqqa tortish bazasiga ega soliq va majburiy to‘lovlar miqdorini qisqartirish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasi mustahkamlash, resurslardan oqilona foydalanishga qaratiladi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari o‘rtacha 30 foizga kamaytirilishi nazarda tutilmoqda.

 

O‘zA