Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi mutaxassisi tomonidan yurak regulyatorini o‘rganish uchun hisobiy tahlillar o‘tkazishga mo‘ljallangan dastur yaratildi. Bu haqda Intellektual mulk agentligining rasmiy sayti xabar berdi.

Dastur majumasi yurak hujayralarida qo‘zg‘alish yuzaga kelishini va elektrik faollikning yurak qismlarida tarqalishini komp’yuterda modellashtirish imkonini beradi. Yurak faoliyatining regulyator mexanizmlarini ya’ni, turli rejimlari regulyatorikasini tekshirish bo‘yicha hisobiy tajribalar o‘tkazish kabi funksional imkoniyatlarga ega.

Muallif Zaynabhon Yusupovaga ushbu dastur uchun DGU 04799 raqamli guvohnoma berildi, deyiladi xabarda.

 

O‘zA