Prezidentimiz Taxiatoshda iqtisodiy loyihalar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Taxiatosh tumaniga tashrif buyurdi.

Bu yerda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashkil etiladigan kichik sanoat zonalari, 2018-2019-yillarda hudud sanoatini rivojlantirish dasturi, samarasiz foydalanilayotgan obyektlar negizida yangi korxonalar tashkil etish loyihalari, Orolbo‘yi aholisi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan rejalar namoyish etildi.

Davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘iston sanoatini yangi bosqichga ko‘tarish, qo‘shicha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, meva-sabzavot va qizilmiya eksportini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Mamlakatimiz sanoati uchun juda zarur bo‘lgan metall ma’daniga ega Tebinbuloq konini o‘zlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Anvar Samadov, O‘z

  16.12.2017, 07:36  |    309 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!