Tibbiy texnika sohasida foydalanuvchi ushbu ko‘zoynak, linzali gardish, videokamera, bandlardan tarkib topgan bo‘lib, bunda bandlarning boshlang‘ich uchastkasi ichi bo‘sh tarzda, qolgan uchastkasi rezina qoplamali qilib bajarilgan hamda Wi-Fi peredatchik, akkumulyator batareyasi bilan ta’minlangan. Gardish mosti ustki plankasining ichki yuzasi namni yutadigan qoplamali qilib bajarilgan. Videokamera tepasida mostning o‘rtasida yoritgich o‘rnatilgan kuchaytirgich va Wi-Fi peredatchik o‘ng va chap bandlarning tegishli ichki bo‘shlig‘ida o‘rnatilgan. Bu haqda Intellektual mulk agentligi rasmiy sayti xabar berdi.

Mualliflar jamoasi – Akramjon Saliyev, Feruza Nasirova, Mohinur Noraliyeva, Davronbek Jaloliddinov hamda Farrux O‘rmonov tomonidan yaratilgan ushbu foydali model uchun FAP 01249 raqamli patent berildi.