O‘zbekiston va Ukraina Toshkent va Kiyev o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklash masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda Ukrainaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yuriy Savchenko o‘zining Facebook dagi sahifasida ma’lum qilgan.

Elchining ta’kidlashicha, 12-dekabr kuni Toshkentda Ukraina davlat aviaxizmati O‘zbekiston davlat avianazorati vakillari bilan uchrashgan. Unda Ukraina xalqaro havo yo‘llari va «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi vakillari ishtirok etgan.

Diplomatik vakolatxona rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida mazkur yo‘nalishdagi ishlar davom etmoqda.