Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi 2020-yil 24-mart kuni soat 15.00 da Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining majlislar zalida oʻz ishini boshlaydi.

Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash va koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish maqsadida, shuningdek Toshkent shahriga kirish va chiqish 2020-yilning 24-mart kunidan boshlab toʻxtatilganligi munosabati bilan yalpi majlis videokonferensaloqa shaklida oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati