Talabalar uchun videodarslardan iborat maxsus videoportal ishga tushirildi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan taʼtil vaqtida talabalarning bilim olish darajasini masofadan turib qoʻllab-quvvatlash maqsadida TAS-IX tamogʻida https://tube.edu.uz videoportali ishga tushirildi.
Mazkur videoportalga mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalarining eng malakali professor-oʻqituvchilari tomonidan yaratilgan videodarslar muntazam joylashtirib boriladi.
Eslatib oʻtamiz, shu kunga qadar vazirlik tomonidan taʼtil vaqtida talabalarning bilim olish darajasini masofadan turib qoʻllab-quvvatlash maqsadida Telegram ijtimoiy tarmogʻida videodarslardan iborat maxsus @eduuz_online kanali ishga tushirildi.
Shuningdek, “UzReport” telekanali ijodkorlari bilan hamkorlikda akademik litsey oʻquvchilari uchun “Teledars” koʻrsatuvi efirga uzatilmoqda.
Qolaversa, 23-martdan vazirlik va “Mening Yurtim” telekanali hamkorligida ingliz tili va psixologiyadan teledarslar boshlandi.

 

OʻzA