Tashqi ishlar vazirligi Tailandga ketayotganlarni ogohlantirmoqda

Mamlakatimizning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi bergan maʼlumotga koʻra Tailand Qirolligi KOVID-19 koronavirusining tarqalishi munosabati bilan 18 ta davlat, jumladan Oʻzbekiston fuqarolari uchun mamlakat aeroportlarida kirish vizalarini (Viza on arrival) rasmiylashtirish tartibini bekor qildi.

Tailand tomoni mazkur mamlakatlarning fuqarolariga kirish vizalarini qirollikning xorijdagi diplomatik vakolatxonalaridan birida rasmiylashtirishni tavsiya qilmoqda. Ushbu jarayon nomaʼlum muddatga joriy qilinmoqda va koronavirus tarqalishi darajasining pasayganidan keyin qayta koʻrib chiqiladi.

Yuqoridagilarni inobatga olib tashqi ishlar vazirligi Tailand, Kamboja va Laos hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga zarur holatlarda mamlakatimizning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasiga +66-2-675-39-95 va +66-9-5502-6770 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtmoqda.

 

OʻzA