Mamlakatimizda Teatr tomoshalari haftaligi boʻlib oʻtadi
27-mart – Xalqaro teatr kuni munosabati bilan 21-27-mart kunlari mamlakatimizda Teatr tomoshalari haftaligi boʻlib oʻtadi.


Keyingi yillar davomida milliy teatr sohasida qoʻlga kiritilgan yutuq va yangiliklardan tomoshabinlarni bahramand qilish, ularga ijodiy jamoalarning eng sara spektakllarini tuhfa etish mazkur loyihadan koʻzlangan asosiy maqsaddir.Haftalik davomida, shuningdek, teatr rassomlari ijodi, sahnaviy liboslarga oid koʻrgazmalar, aktyor va rejissyorlar, dramaturglar ishtirokidagi davra suhbatlari, uchrashuv va muloqotlar tashkil etilishi ham koʻzda tutilgan.

 

N.USMONOVA, OʻzA